Tumanlar reytingi
Bu yerda Toshkent aholisining turli tuman hokimliklari va shahar xizmat ko‘rsatish bo‘limlariga qo‘ygan bahosini ko‘rib chiqishingiz mumkin.
Xalq Nazorati servisiga har kuni shahar aholisidan turli shikoyatlar kelib tushadi — masalan, buzilgan lift, yo‘ldagi chuqurlar yoki ishlamayotgan svetofor haqida. Har bir ariza tuman hokimliklari yoki ularning xizmat ko‘rsatish bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqilishi, hamda hal qilinishi kerak. Ushbu reyting tuman hokimliklari va ularning bo‘limlarining faoliyatiga baho beradi, aholidan qancha ariza kelganini, ularning nechtasi ijobiy va o‘z vaqtida hal etilgani, qaysilar esa javobsiz qolgani yoki kechiktirilib hal etilganini ko‘rsatib beradi. Reyting har bir tumanga 1 dan 10 gacha baho qo‘yadi. Reyting dolzarbligini saqlash uchun biz uni har 3 daqiqa yangilab turamiz.
- Reyting metodologiyasi
- Taranglik nima?
- Biz va’dabozlikni qanday hisoblaymiz?
- “Aholi noroziligi” parametri
- Barcha murojaatlar:
- Muddati o‘tgan: (2021dan qolgan: )
- Jarayonda: (norozi aholi: )
- Bajarilgan:
- Moderator rad etgan:
Reyting 7 ta ko‘rsatkichdan tashkil topadi:
Yopilgan arizalar foizi — tuman nechta arizani ijobiy hal etganini ko‘rsatadi.
Kechiktirilgan — tuman nechta arizani vaqtida hal qilmaganini ko‘rsatadi. Kechiktirishning ikki xil turi bor: shu yilga va o‘tgan yilgiga doir. Bu yilgi arizani vaqtida yopmaslik — yomon, lekin ariza o‘tgan yildan beri yopilmay qolgan bo‘lsa — bu ikki barobar yomon.
Tumandagi taranglik — tumandagi arizasiga javob kutayotgan aholi sonini ko‘rsatadi.
Faollik — tumandagi 10 000 kishiga nisbatan mavjud arizalar sonini ko‘rsatadi.
Va’dabozlik — tuman hokimligi va uning bo‘limlaridan aholiga yuborilgan “quruq” javoblar soni. Agar tuman uch yoki undan ko‘proq marta aholi arizasiga muammoni hal qilmasdan quruq gap yozib yuborsa, bunday hol va’dabozlik sifatida qayd etiladi. Va’dabozlik hollari soni tuman reytingida yilning oxirigacha saqlanib qolib, reytingni doimiy tushirib turadi. Bu ko‘rsatkich faqat keyingi yilning boshidan nolda qayta hisoblanadi.
Tuman og‘irligi — tumanda aholi arizalarini hal etish qanchalik qiyin ekanligini inobatga oladi. Masalan, tumanda ko‘p qavatli uylar ko‘p bo‘lsa — ularning hammasini bir vaqtning o‘zida nazorat qilish og‘ir.
Ijro qobiliyati — tumandagi ijrochilar ish samaradorligini aniqlaydi (masalan, obodonlashtirish bosh boshqarmasini).
Ko‘rsatkichlarning oxirgi qismi - kommunal va boshqa shahar xizmatlarining ijro qobiliyatini qo‘rsatadi. Tuman hokimliklari ko‘rsatkichlari kabi xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini yuklanganlik darajasini ham ko‘rish mumkin. Ko‘rsatkichlarning umumiy natijasi tuman nima uchun yuqori yoki past ball olganligini, qaysi xizmat tumanga ijobiy baho berayotganini, qaysi biri uning reytingini pastga tushirayotganini ko‘rsatadi.